«tabiiy gaz» tegli maqolalar
Bugun, 10:32 Energetika
Elektr va gaz iste’moli uchun kompensatsiya to‘lash muddati 2028-yil aprelgacha uzaytirildi
Elektr va gaz iste’moli, ko‘mir xaridi hamda kommunal to‘lovlar uchun yordam tayinlashda oilalarning jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad chegarasi MIXning ikki baravarigacha oshiriladi.
17 oktabr 2026, 16:14 Energetika
1
Nega bazaviy me’yor 500 emas, 350 kVt/soatga oshirilyapti? IMV izoh berdi
Bunga qishda elektr energiyasi iste’moli tahlili va kam ta’minlangan oilalar uchun mavjud imtiyozlar asos qilib olingan.
17 oktabr 2026, 14:44 Energetika
Aksa Enerji Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxdagi elektr tarmoqlarini boshqaruvga olmoqchi
Turkiya kompaniyasi ushbu uchta hududdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni bir hafta ichida imzolashni rejalashtirmoqda.
17 oktabr 2026, 11:34 Energetika
“Aholi tejamkorlikka o‘tdi”: Iqtisodiyot va moliya vazirligi — tariflar oshishining ta’siri haqida
2023−2025-yillarda bir abonentning o‘rtacha elektr energiyasi iste’moli 13% ga, gaz iste’moli esa 21% ga kamaydi.
15 oktabr 2026, 15:13 Energetika
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 825,3 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Joriy yilning to‘qqiz oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 2795 ta holat aniqlangan.
6 oktabr 2026, 19:51 Energetika
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt·soatga oshiriladi
Elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya muddati 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi. Bu orqali yiliga 470 ming oila qamrab olinadi.
1 oktabr 2026, 13:26 Energetika
Xususiy xizmatdan foydalanmagan iste‘molchini gazdan uzish noqonuniy — Energetika vazirligi
Gaz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tashkilot xizmatidan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, iste‘molchini bunga majburlash mumkin emas.
26 sentabr 2026, 16:39 Energetika
1
Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar ishlab chiqiladi
Tabiiy gaz yetib borishi qiyin hududlarni elektrlashtirish uchun xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va tajribali konsultantlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.
4 sentabr 2026, 09:51 Energetika
Avgust oyida 71,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Iste’molchilar tomonidan 19 mln kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
28 avgust 2026, 18:51 Energetika
1-noyabrdan biznes elektr va gaz uchun 15% oldindan to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi
Yangi tartib EHNAT va TGNHATga ulangan, masofadan boshqariladigan hisoblagichlarga ega tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladi.
26 avgust 2026, 17:23 Energetika
O‘zbekneftgaz tizimida yuz bergan avariyalar gaz ishlab chiqarishni kamaytirdi
Qat’iy nazorat va ko‘rilgan choralar natijasida avgust oyida Gazli va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida avariyaviy holatlar deyarli kuzatilmagan.
18 avgust 2026, 12:34 Biznes
Tadbirkorlar uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 15% ga tushiriladi
ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomini buzmagan korxonalar yangi tartibdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
14 avgust 2026, 11:50 Energetika
Samarqand elektr tarmoqlarini Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi boshqaruviga berish tezlashtiriladi
Prezident energetika sohasidagi xatarlarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha choralarni barvaqt rejalashtirishni topshirdi.
13 avgust 2026, 10:35 Energetika
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz uchun 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi
Yilning birinchi yarmida 562,9 mingta oilaga mablag‘ ajratilgan. Uning yarmidan ko‘pi elektr uchun to‘langan.
11 avgust 2026, 11:20 Energetika
Toshkentning ikkita tumanida qariyb to‘rt kunga gaz ta’minoti to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari sababli Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi ayrim mahallalariga 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha gaz yetkazib berilmaydi.
27 iyul 2026, 16:47 Energetika
Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi, bu Andijondan boshlanadi
Tadbirkorlarga import qilgan yoki birjadan olgan suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazish huquqi beriladi. Shu bilan birga, ayrim oilalarga subsidiya beriladi.
6 iyul 2026, 18:38 Energetika
Hududgazta’minot tizimidagi korrupsiyaga qarshi nazorat tadbirlarida nimalar aniqlandi?
Oxirgi bir yarim yil ichida korxona quyi tizimlarida 59 ta holatda 67 nafar xodim korrupsiyaviy jinoyat ustida qo‘lga olingan.
6 iyul 2026, 16:44 Energetika
Gaz ta’minotidagi tekshiruvlarda 1,44 trln so‘mlik noqonuniy iste’mol fosh etildi
So‘nggi bir yarim yil ichida gaz ta’minoti tizimida 253 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 127 nafari ishdan bo‘shatildi.
1 iyul 2026, 14:34 Iqtisodiyot
Gaz va elektr uchun kompensatsiyani endi onlayn rasmiylashtirish mumkin
Murojaatlar har oyning 16-sanasigacha qabul qilinadi, kompensatsiya esa ariza ma‘qullangach keyingi oyning 27-sanasigacha fuqaroning kartasiga o‘tkaziladi.
26 iyun 2026, 17:13 Energetika
O‘zbekistonda uylarni isitishga Yevropaga nisbatan 2−3 baravar ko‘p energiya ketadi
Prezidentning ta’kidlashicha, uy-joylarda energiya tejamkor materiallardan foydalanilmagani sababli 200−250 kv.metrlik xonadonlar qishda gazga 7−8 mln so‘m, yozda esa elektrga qo‘shimcha 3−4 mln so‘m sarflamoqda.